Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda paxta tozalash sanoati korxonalarini aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va tarmoqda boshqaruv tizimini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining xodimlarning cheklangan soni 88 kishidan (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat bo‘lgan 2-ilovaga muvofiq tuzilmasi ma’qullansin. Uyushma boshqaruvi raisiga uning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi Kengashi tarkibiga “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining rahbarlari, hududiy aksiyadorlik birlashmalari tarkibiga kiruvchi paxta tozalash korxonalari va urug‘lik chigit tayyorlovchi yetakchi korxonalar rahbarlari kiradi;
“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari uyushma Kengashi tomonidan saylanadi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va maqomiga ko‘ra tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosariga hamda vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi;
“Toshlubsanoat” Toshkent lub sanoati korxonalari davlat-aksiyadorlik birlashmasi muassislarining umumiy yig‘ilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror qilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 21-son, 172-modda)