Malumotlar

«Baxt paxta tozalash» AJ "O'zpaxtasanoat" hududiy aksiyadorlik birlashmasi tarkibidagi paxta tozalash korhonasi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 12.06.2001 yildagi 252-sonli «Respublika paxta tozalash sanoatining boshqaruv tizimini takomillashtirish to'g'risida»gi Qarori asosida shaklida tuzilgan. Korhona o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda o'zining ustavi asosida yuritadi.